» » Kemerovodagi yong‘in yuzasidan uch kishi hibsga olindi

Kemerovodagi yong‘in yuzasidan uch kishi hibsga olindi


Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan uch kishi hibsga olindi, deb yozadi “TASS” kuch tuzilmalariga tayanib.

“Uch kishi, shu jumladan, savdo markazi direktori qo‘lga olindi”, — dedi manba.

Avvalroq yong‘indan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik natijasida o‘limga sababchi bo‘lish, ikki yoki undan ortiq shaxslarning o‘limini keltirib chiqargan yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, savdo markazida kelib chiqqan yong‘in qurbonlari soni 48 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют