» » 16 yil umri qamoqda o‘tgan namanganlik xatolarini ezgu amaliy ishlar bilan oqlashga harakat qilmoqda

16 yil umri qamoqda o‘tgan namanganlik xatolarini ezgu amaliy ishlar bilan oqlashga harakat qilmoqda


Namangan viloyati Pop tumanidagi “Pillakash” mahallasi, G‘uncha ko‘chasi, 5-uyda istiqomat qiluvchi Ahrorjon Mamanazarov to‘g‘ri yo‘ldan adashib, turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga qo‘shilib qolganida 25 yoshda edi, deb yozadi O‘zA. 1999-yilda hibsga olinib, 16 yil umri qamoqda o‘tdi. Qilmishidan pushaymon bo‘ldi. Umri besamar o‘tganini kech bo‘lsa-da angladi. Bugungi kunda xatolarini ezgu amaliy ishlari bilan oqlashga harakat qilmoqda. Bunga mahalla-ko‘y yaqindan yordam beryapti.

Hovlisida sholini oqlaydigan va bug‘doy tegirmonlarini o‘rnatdi. Bundan olinayotgan foyda hisobidan 13 sotixli tomorqasida plyonka ostida 47 ming to‘p tarvuz, 5 ming dona bodring ko‘chati parvarishlamoqda. Ko‘chatlar sotuvidan 7,6 million so‘m daromad olishini xomcho‘t qilgan. Tomorqadagi 20 to‘p bodom, 10 to‘p gilos qiyg‘os ochilgan.

– Oliy ma’lumotli injener dasturchi edim, – deydi A.Mamanazarov. – To‘g‘ri yo‘ldan adashib, hayotimni o‘z qo‘lim bilan barbod qilganim yetmaganday, ortimda qolgan yaqinlarim ham jabrini ko‘rishdi. Qilmishlarim tufayli 40 yil davomida o‘qituvchilik qilgan otam maktab direktorligidan bo‘shatilgani yetmaganday, sog‘ligi ham yomonlashdi. Oilamiz el nazaridan chetda qolib ketgandi. Yurtboshimizning oqilona siyosati tufayli bu dard-u sitamlar ortda qoldi. Mahalla-ko‘y har kuni hol so‘rashadi, ko‘maklarini ayashmaydi. Prezident vakillari xonadonimizga kelib, yashash sharoitlarimiz bilan tanishyaptilar.

Namangan viloyati Pop tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining 3-guruhi Mamanazarovlar xonadonida bo‘lganida oiladagi ma’naviy muhit faollarni quvontirdi.

Halol mehnat va ezgu amallari bilan davlatga xizmat qilishni maqsad qilgan A.Mamanazarov mahallada do‘kon ochib, kitoblar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Do‘konda badiiy asarlar qatorida dehqonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, tomorqa madaniyatiga oid qo‘llanmalar va ko‘rgazmali materiallar ham bor.

A.Mamanazarov ishchi guruhiga kam rentabelli yerlardan olib, yong‘oq va bodom ekishni maqsad qilayotganini aytdi. Halol tadbirkor degan sharafli nom ortidan borayotgan ishbilarmonning taklifi tuman hokimligi mutasaddilariga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют