» » #UzAfg2018. Sodiq Safoyev:Toshkent konferensiyasi navbatdagi majlisdan so‘ng tugamaydi

#UzAfg2018. Sodiq Safoyev:Toshkent konferensiyasi navbatdagi majlisdan so‘ng tugamaydi


Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya matbuot markazining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Sodiq Safoyev ushbu konferensiyada Rossiyaning ishtiroki muhimligini qayd etdi:

Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Rossiyaning ishtiroki juda muhim. Ham Afg‘onistonda, ham mintaqada ushbu mamlakatning mavqei baland bo‘lgan. Biz qabul qiladigan yakuniy hujjatda Rossiyaning ham imzosi bo‘lishi bu konferensiyaning muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ladi.

Konferensiyada ‘Tolibon’ning ishtirok etmasligi masalasiga kelsak, bu shaxsan men uchun juda muhim masala emas. Konferensiyada u yoki bu kuchning ishtiroki yoki ishtirok etmasligi konferensiyaning muvaffaqiyat ko‘rsatkichi emas. Konferensiya muvaffaqiyati, aytaylik barcha mintaqaviy mamlakatlar, yirik davlatlar, xalqaro tashkilotlarning boshini qovushtirib, yagona yangi yondashuvlar haqidagi deklaratsiya qabul qilish. Aynan, mazkur jarayon bizda o‘tayapti  va o‘ylaymizki, bu muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Toshkent konferensiyasi bo‘yicha yagona zamin ya’ni platforma yaratib, unda barcha siyosiy kuchlar muloqoti uchun imkon yaratish.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-assambleyasida so‘zlagan nutqida aytgan edilarki: ‘Biz Afg‘onistonning barcha kuchlari, xususan markaziy hukumat bilan qandaydir oldindan qo‘yilgan shartlarsiz muzokara boshlash tarafdorimiz’.

Chunki, afg‘on muammosini hal qilish birinchi navbatda afg‘on xalqining o‘z qo‘lida. Chetdan kelib hech qachon hech kim birovning muammosini hal qilib bera olmaydi. Toshkent konferensiyasi navbatdagi majlis tugashi bilan tugamaydi. Bu jarayonning boshlanishi. Jarayon boshlanganidan keyin bu barcha kuchlar uchun muloqotni boshlash imkonini yaratadi. Menimcha, mana shu biz uchun mezon. Konferensiyaning ahamiyatini ham mana shu bilan o‘lchash kerak.

Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют