» » Alisher Uzoqov “Sevimli” kanalida namoyish etilgan “Bunker” filmidagi yarim yalang‘och epizodlarni ayovsiz tanqid qildi

Alisher Uzoqov “Sevimli” kanalida namoyish etilgan “Bunker” filmidagi yarim yalang‘och epizodlarni ayovsiz tanqid qildi


Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov o‘zining instagram’dagi sahifasida “Sevimli” telekanalida namoyish qilingan “Bunker” filmidagi yarim yalang‘och epizodlarni tanqid qildi.

Aktyor “arzimagan narsalarni tanqid qilib, ‘Sevgi iztirobi’ni kerakli joylarga yozganlar qani?! Fabiana ismli personajning bu xatti-harakatlari bizni tarbiyamizga juda to‘g‘ri keladi-da”, mazmunida kinoyali post qoldirgan.

Kecha tunda “Sevimli” telekanalidan “Bunker” filmini ko‘rsatishayotgan ekan. Bizni arzimagan narsaga tanqid qilib, xalqqa manzur bo‘lib, xalq tomosha qilayotgan “Sevgi iztirobi”ni kerakli joylarga yozganlar qani? “Sevgi iztirobi” bizni ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydi-yu, lekin yarim yalang‘och iborasigayam to‘g‘ri kelmaydigan, butun yalang‘och , shu epizoddan oldin ko‘kraklarini boricha ko‘rsatgan Fabiana ismli personajning bu xatti-harakatlari bizni juda tarbiyamizga to‘g‘ri keladi-da! “Sevimli” kanaliga hech qanday xusumatim yo‘q, men faqat adolat va xalq tarafdoriman.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor

Aktyor instagramdagi sahifasida joylashtirgan mazkur postni biroz vaqtdan so‘ng olib tashladi.

Zo‘r TV xususiy kanalida 2017-yil sentabr oyidan namoyish etilayotgan turklarning “Sevgi iztirobi” (Kara Sevda) seriali atrofidagi ko‘plab muhokamalar ortidan serial namoyishi to‘xtatildi. Aktyor Alisher Uzoqov mazkur serialdagi bosh qahramonlarga ovoz bergan edi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 14-fevral kuni xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda “Sevgi iztirobi” serialiga ham to‘xtalib, oilalardagi ma’naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan edi. 2018-yilning, 16-fevral kuni esa “Sevgi iztirobi” seriali namoyishi Zo‘r TV’da to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют