» » Turkiyalik jurnalist: Hamkorlikdagi tizimli chora-tadbirlar tinchlikka xizmat qiladi

Turkiyalik jurnalist: Hamkorlikdagi tizimli chora-tadbirlar tinchlikka xizmat qiladi


Turkiya teleradiokompaniyasining jurnalisti Muhammet Enes Po‘lat Toshkentda o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning ahamiyati xususida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.

O‘zbekiston salohiyati juda yuqori mamlakat. Uning imkoniyatlari keng. Shu bilan birga, tashabbuslari ham juda ahamiyatli. Bu uning ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy islohotlarida yaqqol ko‘rinib turibdi. Qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga jiddiy yondashuvi boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lgulik darajada. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik o‘rnatish, mamlakatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy munosabatlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdan ko‘plab davlatlar birdek manfaatdor.

Uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan afg‘on voqealari ko‘plab davlatlarni o‘ylantiradi. Mazkur konferensiya doirasida bu muammo hal bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu kabi xayrli ishlarning hamkorlikda va tizimli davom ettirilishi, qabul qilinadigan qarorlar, takliflar albatta o‘z samarasini beradi, deb o‘ylayman. Ushbu anjuman davomida xavfsizlik masalalari, aholi tinchligi va farovonligiga erishish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, uni hal etishning munosib va o‘zaro manfaatli yo‘llarini topishga harakat qilinadi. Bu masalalarning natijasi biz uchun juda muhim.

Tinchlikning nechog‘li ahamiyatli ekani anjuman doirasida berilayotgan ma’lumotlardan ham ma’lum.

Muhammet Enes Po‘lat, Turkiya teleradiokompaniyasining jurnalisti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют