» » O‘zbekistonlik polvonlar kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik polvonlar kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritdi


Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi (KCAO) tomonidan O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Puna shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha X Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik polvonlar 10 oltin, 5 kumush, 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

KCAO taqvimidagi eng yirik musobaqada qit’aning 20 dan ziyod mamlakatidan kelgan ikki yuzdan ortiq polvon 15 vazn toifasida gilamga tushdi.Bellashuvlar yakunida qit’aning 8 ta davlati vakillari shohsupaga ko‘tarildi.

Joriy yil avgust–sentabr oylari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlarida ilk bor o‘zbek kurashi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionat qit’amiz polvonlari uchun o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Shu bois har bir bellashuv o‘ta murosasiz tarzda o‘tdi.

Bu esa o‘zbek kurashining xalqaro maydondagi obro‘si yanada oshib borayotganligidan dalolat bermoqda. Osiyo o‘yinlaridagi bellashuvlar bundan-da qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda.

Jagdish Tatler, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Hindiston kurash federatsiyasi prezidenti

Chempionatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini Eron va Turkmaniston sportchilari egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют