» » Toshkentda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi tashkil etildi

Toshkentda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida 26-mart kuni poytaxtda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatida tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev va Yevrokomissiya prezidenti o‘rinbosari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini mintaqalararo hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Xalqaro tahlil markazlari qayd etayotganidek, Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilayotgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya O‘zbekistonning yangi tashqi siyosati strategiyasining amaliy natijasi sifatida ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo‘shma sa’y-harakatlarga keng yo‘l ochadi.

Toshkent konferensiyasi oldidan poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatida tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida mazkur konferensiyani o‘tkazishning amaliy jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Yevropaning 2019-yilda YeIning mintaqaga oid yangilangan strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga doir rejasini ma’qulladi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining mazkur jarayonda faol ishtirok etishiga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, mintaqada iqtisodiy, hududlararo yo‘nalishlardagi hamkorlikni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va ta’lim sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbirda Afg‘onistondagi ahvolni barqarorlashtirish va poytaxtda o‘tkaziladigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Toshkent konferensiyasi arafasida ushbu davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uni hududiy iqtisodiy va infratuzilma aloqalariga jalb qilishga doir sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, 27-mart kuni O‘zbekiston poytaxtida ish boshlaydigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiyaning delegatsiya rahbarlariga kiritiladigan yakuniy Toshkent deklaratsiyasi dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammoni bartaraf etish yo‘lidagi g‘oyat ulkan qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvini joriy yilning ikkinchi yarmida Bryussel shahrida o‘tkazishga qaror qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют