WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiyaning Ryazan viloyati Kemerovodagi yong‘in munosabati bilan motam e’lon qildi. So‘ng fikridan qaytdi
Rossiyaning Ryazan viloyati Kemerovodagi yong‘in munosabati bilan motam e’lon qildi. So‘ng fikridan qaytdi
Rossiyaning Ryazan viloyati hukumati o‘z saytiga Kemerovodagi yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilinishi haqida press-reliz joyladi, deb yozadi Meduza. Keyinroq bu axborot hukumat saytidan g‘oyib bo‘ldi.
Bundan tashqari, hukumat mahalliy OAVlardan motam haqidagi xabarni o‘chirib tashlashni so‘ragan. Bunday iltimos bilan jurnalistlarga Ryazan viloyati hududiy ishlar va axborot siyosati vazirligi xodimlari murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi. Kemerovo viloyatida yong‘in munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?
КТО НА САЙТЕ?
(
4)
(
0)
(
3)
(
1)





- отсутствуют
