» » Termizda Surxondaryo va Balx viloyatlari tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Termizda Surxondaryo va Balx viloyatlari tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


Termizdagi “Termiz kargo” eksport markazida Surxondaryo va Afg‘onistonning Balx viloyatlari tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Surxondaryolik tadbirkorlar Balx viloyatiga qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli tovarlarini eksport qilmoqda. Bunday ishbilarmonlar safi tobora kengayib bormoqda.

Joriy yildan boshlab Termiz shahridagi “Alp Umid Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati yodlangan tuz, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuxum, “Surxon sanoat qurilish invest” qurilish-ishlab chiqarish korxonalari birlashmasi qamish zarrachali plitalarni eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi. Natijada bu yil Surxondaryo viloyatidan Afg‘onistonga jo‘natilgan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir necha barobar o‘sdi.

Ko‘rgazma-yarmarkada Surxondaryo viloyatidagi 80 dan ortiq tadbirkorlik subekti o‘zlari ishlab chiqarayotgan oziq-ovqat, yengil sanoat, charm-poyafzal, qurilish materillari va boshqa tayyor mahsulotlar bilan ishtirok etdi.

— Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan chinni buyumlarga afg‘on do‘stlarimiz katta qiziqish bildirmoqda, – deydi “Surxon Termiz chinni” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari R.Ne’matullayev. — Ikki oyda 60 ming dollar qiymatidagi mahsulot eksport qildik. Bugun balxlik bir guruh tadbirkorlar sifatli, arzon buyumlarimiz bilan tanishib, o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

Tadbir doirasida biznes-forum tashkil etilib, “Surxondaryo viloyatining eksport va investitsiyaviy salohiyati”, “Surxondaryo va Balx viloyatlari tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhim masalalari” kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. Kooperatsion birja tashkil etildi. Surxondaryolik tovar ishlab chiqaruvchilar va balxlik ishbilarmonlar o‘rtasida 5,5 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

— Zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlangan korxonamizda 70 turdagi muzqaymoq, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, — deydi Termiz shahridagi “Saidjon Muhammadjon muzqaymoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O‘.Sattorov.

— Bugun Balx viloyatidagi “Pokiza shirkati” firmasiga 400 ming dollar qiymatidagi muzqaymoq va quritilgan sut yetkazib berish yuzasidan shartnoma imzoladik. Yon qo‘shnimiz buyurtmasini belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish uchun barcha imkoniyatdan unumli foydalanamiz.

Tadbir doirasida Balx tadbirkorlari Surxondaryo viloyatidagi qator eksportchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют