» » inDriver O‘zbekistonda qaytadan ishga tushish haqida: “O‘shanda, 2016-yilda bozor tayyor emasdi”

inDriver O‘zbekistonda qaytadan ishga tushish haqida: “O‘shanda, 2016-yilda bozor tayyor emasdi”


2016-yilda Rossiyaning inDriver tashuv kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishga urinib ko‘rdi, biroq diqqatini keyin qo‘shni bozorlarga qaratdi. Kompaniya Qozog‘istonda yetakchiga aylana oldi, endi esa Toshkentda qaytadan start olishga tayyorlanmoqda. Spot kompaniya nima uchun yana O‘zbekistonda ishga tushishga qaror qilganini surishtirdi.

“Haqiqatan ham, biz Toshkentda qaytadan start olishga qaror qildik. Endi aytish mumkinki, o‘shanda — ikki yil avval bozor biz taklif qilgan yangi texnologik transport paradigmasiga tayyor emas edi. Ammo dunyo o‘zgarmoqda va biz vaziyat boshqacha tus olganini ko‘rdik. O‘zbekistonning smartfonlashish va urbanlashish borasidagi bugungi sur’atlari kishini hayratda qoldiradi”, — dedi inDriver’ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi matbuot kotibi Irina Yefimova.

Toshkent uchun yangilangan inDriver’ga haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqsiz aloqa tizimi, haydovchilarning o‘zlariga eng yaqin buyurtmalar haqidagi ovozli bildirishnomalari, “Avtotorg” funksiyasi qo‘shildi. inDriver’ning bosh tamoyili — narxning yo‘lovchining o‘zi taklif qilishi o‘zgarishsiz qolmoqda xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют