» » Qozog‘istonliklar Krishtianu Ronalduga chopon sovg‘a qildi (video)

Qozog‘istonliklar Krishtianu Ronalduga chopon sovg‘a qildi (video)


Krishtianu Ronaldu yaqinda ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkodan boks qo‘lqoplarini sovg‘a sifatida qabul qilib olgan edi. Portugaliyalik hujumchiga sovg‘alar kelishi davom etmoqda. Bu safar Ronalduga qozoqcha chopon sovg‘a qilindi, deb yozadi Tengrinews.

Ronalduga sovg‘a topshirilgan holat Instagram va YouTube tarmoqlarida paydo bo‘ldi.

“Bu an’anaviy qozoq choponi. U eng hurmatli insonlarga hadya qilinadi. Bu bizning ramzlarimiz: bayroq va burgut. Choponni kiyib, Qozog‘istonga kelgan odam hurmat shaxs hisoblanadi”, — deydi videotasvirda sovg‘aning mohiyatini tushuntirishga harakat qilgan shaxs.

Ta’kidlanishicha, milliy chopon va esdalik uchun suvenirlar qozoq kompaniyalari biri tomonidan Ronalduga sovg‘a qilingan.

Mavzuga doirZo‘rdan zo‘rga sovg‘a: Jahon chempioni Lomachenko Krishtianu Ronalduga qo‘lqoplarini hadya qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют