» » Samarqand avtomobil zavodida gazda ishlovchi avtobuslar seriyali ishlab chiqariladi

Samarqand avtomobil zavodida gazda ishlovchi avtobuslar seriyali ishlab chiqariladi


Samarqand avtomobil zavodi faoliyat boshlaganiga 19 yil to‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga korxona mutasaddilari ma’lum qildi.

1999-yilda tashkil topgan “SamAvto” zavodi metalni bichishdan boshlab, to tayyor mahsulotni sinashgacha bo‘lgan butun siklga ega bo‘lgan yirik mahalliy korxonalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish majmuasi Germaniya, Italiya va Yaponiyadan keltirilgan dastgohlar bilan jihozlangan.

“SamAvto” konstruktorlari nafaqat yuk avtomobillari kuzovlarini loyihalashtirish, balki avtobuslarning yangi modellarini ham ishlab chiqish ustida mehnat qilmoqda.

Xususan, zavod konstruktorlari tomonidan past polli LE60 shahar avtobusi hamda shahar atrofi va shaharlararo qatnovlarga mo‘ljallangan HD50 avtobuslari loyihalashtirilgan. Hozirgi kunda zavodning barcha mahsulot turlari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi talablariga mos, ikki avtobus esa Bojxona Ittifoqining transport turiga oid ruxsatnomani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Kataforez gruntlash texnologiyasini qo‘llash kuzovlarning korroziyaga bardoshliligini 8 barobar oshirish imkonini beradi, bu esa Samarqand avtomobil zavodi mahsulotlarini Rossiya va Qozog‘istonning og‘ir iqlim sharoitlarida foydalanishga yaroqli qiladi.

— Yaqin kunlarda nejamliq va ekologik toza yoqilg‘i — gazda ishlovchi avtobuslarni seriyali ishlab chiqarishga kirishishni, shuningdek, Yevro 3, 4 va 5 standartlariga muvofiq keladigan yuk avtomobillari model qatorini ishga tushirishni rejalashtiryapmiz. Bu Bojxona ittifoqi mamlakatlariga nafaqat avtobuslar, balki yuk texnikalarini ham eksport qilish imkonini beradi, — deydi “SamAvto” MChJ bosh direktori O‘lmas Yo‘ldoshev.

“SamAvto” xodimlari Samarqanddagi o‘z o‘quv markazida va chet el mamlakatlarida doimiy ravishda malakalarini oshiradi. Avtomobillarni sotish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ehtiyot qismlar yetkazib berish uchun Toshkentda va hududlarda 21 ta dilerlik markazlari tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют