» » Shifokorlarga ortiqcha ish vaqti uchun to‘langan ish haqi noqonuniy deb topilib, qayta undirilmoqda

Shifokorlarga ortiqcha ish vaqti uchun to‘langan ish haqi noqonuniy deb topilib, qayta undirilmoqda


Tibbiyot muassasalarida bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida xodimlarning kundalik ish vaqti belgilangan me’yordan ortiq ishda qolishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda yil davomida ortiqcha ishlagan vaqti 120 soatdan oshib ketishi natijasida ortiqcha vaqt uchun to‘langan ish haqi noqonuniy deb topilib, qaytarib olinayotgani soha mutaxassislarining noroziligini keltirib chiqarmoqda, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Olis hududlarida joylashgan tibbiyot muassasalarida zararli mehnat omillari sharoitida ishlovchi hamda tor ixtisosli vrach-mutaxassislar yetishmovchiligi tufayli ayrim mutaxassislar ularning roziligi bilan qo‘shimcha ishlarga jalb etiladi. Bunga moliya bo‘limlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalarda ko‘rsatilgan “ortiqcha ish haqi” jumlalari sabab bo‘lib, ko‘p holatlarda ish beruvchi tomonidan xodimga haqiqatda ishlagan vaqti uchun to‘langan ish haqi qaytarib undirilishi holatlari ham uchramoqda.

Bu kabi muammolar sabab, 2016-yil mobaynida ishdan bo‘shab ketganlar 10 ming 782 nafarni (14,8 foiz) tashkil etgan. Bunda vakant ish o‘rni 11 ming 859 birlikni (12,8 foiz) tashkil qilib, har 10 ming aholiga 22,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan. Ya’ni vakant ish o‘rinlari salmog‘i so‘nggi besh yilda 1,66 marotaba ko‘paygan, shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj esa oshgan.

Mazkur ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Tibbiyot xodimlarini ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilishning dolzarb masalalari: amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida aytib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют