» » Ichki ishlar xodimi fuqaroga qanday murojaat qilishi kerak?

Ichki ishlar xodimi fuqaroga qanday murojaat qilishi kerak?


Ichki ishlar xodimi fuqaroga qanday murojaat etishi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida belgilib berilgan. Bu haqda Adliya vazirligi eslatib o‘tdi. 

Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: 

O‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi;

Fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;

Murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;

Fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababi hamda asoslari, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquq va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart. 

Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют