» » Buxoroda “Lochin” brendi ostida yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Buxoroda “Lochin” brendi ostida yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi


Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Buxara Real Moto mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Lochin” brendi ostida yuk mototsikllari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.

Loyiha tashabbuskori bino va inshootlarda 2 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib, sexlar xorijiy investor tomonidan 700 ming dollarlik zamonaviy innovatsion texnologik uskunalar bilan jihozlandi. Undagi barcha texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, kompyuter asosida boshqariladi.

Yig‘iladigan shosse, bort, ressor va boshqa qismlar korxona sexlarida tayyorlanmoqda.

Yuk mototsikllariga O‘zbekistonda, xususan, Buxoro viloyatida ham talab katta. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, issiqxonalarda yetishtiriladigan bodiring va pomidorlarni tashishda tirkagichli texnikalarga nisbatan qulayligi, kam yonilg‘i sarf qilishi va boshqa jihatlari bilan ancha ustun.

Korxona rahbariyati loyihani amalga oshirish davom etayotgan bir paytda tashqi bozordagi talabni o‘rganish, ya’ni marketing ishlarini ham boshlab yuborgan edi. Korxona mahsulotiga qiziqish bildirgan Rossiyadagi tadbirkorlik subyekti vakillari hali o‘tgan yilning oxirida viloyatning olis chekka hududlaridan biri — Qorovulbozor tumaniga kelib, 1000 ta yuk mototsikli xaridi bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hademay, umumiy qiymati 1,4 million dollarga yaqin eksport buyurtmalarini bajarishga kirishiladi. Shuningdek, korxona tashqi bozor bilan aloqalarni yangi sheriklar hisobiga yanada kengaytirish niyatida. Yaqin kunlarda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.

“Biz ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish hisobiga kengaytirish choralarini ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari, mahsulot assortimenti ro‘yxatidan yaqin istiqbolda yopiq kabinali yuk mototsikllari, boshqa motoulovlar, tomorqa yerlarini o‘rtacha chuqurlikda ag‘daradigan haydagichlar, nogironlik aravachalari ham o‘rin oladi. Ayni paytda korxonamizda 50 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga ular soni 200 ga yetkaziladi”, — deydi Buxara Real Moto MChJ rahbari Sa’dijon Vahobov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют