» » Kim Chen In Xitoy Fanlar akademiyasi tashriflar kitobiga XXRning qudrati haqida qayd qoldirdi

Kim Chen In Xitoy Fanlar akademiyasi tashriflar kitobiga XXRning qudrati haqida qayd qoldirdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Pekinga tashrifi davomida Xitoy Fanlar akademiyasi ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi va u yerdagi tashriflar kitobida XXR qudrati va uning rahbariyati donishmandligi ta’kidlangan qayd qoldirdi. Bu haqda 28-mart kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Kim Chen In 27-mart kuni Xitoy Fanlar akademiyasi erishgan novatorlik yutuqlarini namoyish etuvchi ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi”, — deb yozadi agentlik.

“Buyuk qo‘shnimiz — Xitoy qudratini anglay olamiz. Xitoy Kommunistik partiyasining oqilona boshqaruvi ostida ilm-fanda yanada buyukroq muvaffaqiyatlarga erishiladi. Kim Chen In, 27-mart 2018-yil”, — deb yozdi KXDR yetakchisi.

Kim Chen Inning Pekinga tashrifi 25-martdan 28-martga qadar davom etdi. Tashrif davomida KXDR yetakchisining Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют