» » “Lukoyl” vitse-prezidenti o‘z rafiqasiga kompaniyaning 2 million dollarlik aksiyasini sovg‘a qildi

“Lukoyl” vitse-prezidenti o‘z rafiqasiga kompaniyaning 2 million dollarlik aksiyasini sovg‘a qildi


“Lukoyl” katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov 22-mart kuni kompaniyaning 28,37 ming aksiyasini o‘z rafiqasi Gulnara Shamsuarovaga sovg‘a qilish bitimiga imzo chekdi, deb xabar berdi “RBK”.

27-mart sanasiga ko‘ra, Moskva birjalaridagi kotirovkalariga bo‘yicha ushbu aksiyalar paketi 110,06 million rubl (2 million dollar atrofida)ni tashkil etadi. Shamsuarovning “Lukoyl”dagi ulushi 0,0098 foizdan 0,0065 foizga qadar kamaydi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ko‘chmas mulk va aksiyalarning er-xotin o‘rtasida sovg‘a qilinishi soliqqa tortilmaydi.

2018-yilning yanvarida “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov kompaniya yil oxiriga qadar 100 millionga yaqin g‘azna aksiyalarini (10 foizdan ortiq) so‘ndirishi mumkinligini, yana 40 million aksiyalari (5 foizga yaqin) boshqaruv motivatsiyasi uchun saqlab qo‘yilishini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga besh yil davomida neft kompaniyasi o‘z aksiyalarini sotib olishga 2—3 milliard dollar yo‘naltiradi.

“Lukoyl” kompaniyasi aksiyalarida Alekperov (24,8 foiz), Leonid Fedun (9,8 foiz), “IFD Kapital” tuzilmasi (8 foizga yaqin) va Lukoil Investments Cyprus sho‘ba korxonasi (16 foizdan ortiq) egalik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют