» » Qashqadaryolik boshpanasiz yetim qiz “Yoshlar” telekanali ko‘rsatuvi yordami bilan uyli bo‘ldi (video)

Qashqadaryolik boshpanasiz yetim qiz “Yoshlar” telekanali ko‘rsatuvi yordami bilan uyli bo‘ldi (video)


“Yoshlar” telekanalining “Yoshlar studiyasi” dasturi orqali qashqadaryolik boshpanasiz yetim qizning taqdiri haqida hikoya qilindi va uning muammosiga yechim topib berildi.

Go‘dakligidan mehribonlik uyida tarbiyalagan 28 yoshli Dilbar Rajabova ayni paytda Qarshi shahridagi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida farrosh bo‘lib ishlaydi. Turar joyi esa — Qurilish kolleji yotoqxonasining xarob holatdagi bir xonasi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz uch yildan buyon turli mas’ul tashkilotlarga, shu jumladan, Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga, hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga murojaat qilib, turar joy berilishini so‘ragan. Ammo uning murojaatiga buning iloji yo‘qligi aytilgan quruq rasmiy javoblar kelgan xolos. Bu vaqtda esa Dilbar, o‘z so‘zlariga ko‘ra, yerto‘lalarda yashab, odamlarning uylarida qora ish qilib, hatto, ba’zi paytlarda tilanchilik qilib kun kechirishiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rsatuv davomida boshlovchi va muharrir Zilola Rasulova Dilbarni o‘zi murojaat qilib ko‘rgan mas’ul shaxslar bilan yuzlashtirib, ulardan turli bahonalar oldi.

Oxir-oqibat, Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilovga yuzlanilganidan keyin “uch yilda hal bo‘lmagan muammo uch kunda yechilishiga erishildi”: Dilbarga yashash uchun hokimlik tomonidan bir xonali uy ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют