» » O‘zbekiston va Belarus mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi

O‘zbekiston va Belarus mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi


27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytetant Andrey Ravkov boshchiligidagi harbiy delegatsiya keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Belarus harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi.

Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri O‘zbekiston xalqini o‘tgan Navro‘z – Umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur’atlari ortib borayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlararo har tomonlama va ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani aytib o‘tildi.

Jumladan, qisqa vaqt davomida harbiy hamkorlikning huquqiy-me’yoriy bazasini kengaytirish borasida salmoqli ishlar qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Belarus Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy akademiyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi tuzildi (2017-yil 20-iyulda, Minsk shahrida), 2018-yilda ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida Harbiy hamkorlik rejasi imzolanib, uning doirasida tadbirlar amalga oshirilyapti.

Suhbat davomida mehmon davlat tomonidan O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining maxsus qo‘shinlar o‘rtasida Belarusda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Doblest i masterstvo” musobaqasida ishtirok etishiga taklif bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va Belarus mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha Bitim imzolandi.

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi.

Shu kunning o‘zida Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek Belarus delegatsiyasi poytaxtdagi Motamsaro ona monumentiga gulchambarlar qo‘yib, bir qator muzey ekspozitsiyalari bilan tanishdi.

29-mart kuni Belarus harbiy delegatsiyasi Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish uchun yo‘lga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют