» » Majlis Senatining XIV yalpi majlisida 13 ta yangi qonun qabul qilinadi

Majlis Senatining XIV yalpi majlisida 13 ta yangi qonun qabul qilinadi


Bugun, 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Majlis kun tartibidan qator muhim qarorlar muhokamasi o‘rin olgan. Xususan, unda 13 ta qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

“To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar ma’raka va marosimlar marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublisi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to‘g‘risidagi Shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikatsiya qilish haqidagi, “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi kabi qonunlari qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha

vakilining (ombudsman) 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi, markaziy bank boshqaruv raisining

markaziy bankning 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti hamda adliya vazirining 2017-

yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti tinglanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют