» » Senat yalpi majlisida “Davlat mukofotlari” to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ma’qullandi

Senat yalpi majlisida “Davlat mukofotlari” to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ma’qullandi


Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar “Davlat mukofotlari” to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni qabul qildi.Qonunning yangi tahriri bilan senatorlarni Senatning fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi boshlig‘i Zayniddin Nizomxo‘jayev tanishtirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonunning yangi tahririda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi davlat mukofotlari va geraldika komissiyasining qonuniy asoslari mustahkamlangan.

Qonunning avvalgi tahririda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy Majlisning Senati Raisi, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud Raisi, Oliy sud Raisi, Bosh prokuror, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirliklar, idoralar va jamoat birlashmalari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritilishi belgilangan edi.

Chet el fuqarolarini taqdirlashga doir taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritilar edi. Qonunning yangi tahririda mazkur sub’ektlar ro‘yxati kengaytirildi.

Senatning XIV yalpi majlisi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют