» » Olmaliqda yonayotgan uy ichidan ikki nafar fuqaro qutqarib olindi

Olmaliqda yonayotgan uy ichidan ikki nafar fuqaro qutqarib olindi


28-mart kuni soat 13:36 da Toshkent viloyati Olmaliq shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limiga Ko‘rpasoy mahallasidagi 19-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in sodir bo‘layotgan joyga Olmaliq shahrini yong‘indan muhofaza qiluvchi 4-Harbiylashtirilgan yog‘in xavfsizligi qismidan 2 ta hamda  “Ammofos-Maksam” AJni yong‘indan muhofaza qiluvchi 8-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismidan 1 ta o‘t o‘chirish jangovor bo‘linmalari jalb qilingan.

Bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib borganida, yong‘in 80 kvadrat metr maydonga tarqalganligi va uy ichida ushbu xonadonda yashovchi 1943-yilda tug‘ilgan fuqaro Akrom Shokirov hamda uning turmush o‘rtog‘i 1954-yilda tug‘ilgan fuqaro Muqaddas Shokirova borligi aniqlangan. Muqaddas Shokirova bu vaqtda xushsiz holatda bo‘lgan.

Shaxsiy tarkibining sa’y-harakatlari natijasida fuqarolar tashqariga olib chiqilgan va o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yong‘in soat 14:34 da to‘liq bartaraf etilib, uyning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют