» » LG InstaView Door-in-Door: sovutgichga yangicha nigoh

LG InstaView Door-in-Door: sovutgichga yangicha nigoh


Har birimiz sovutgich oldiga kelib, eshikni ochib va hech bo‘lmaganda qandaydir mazali narsa tanovul qilish uchun ko‘z yugurtiramiz. Katta oilalarda bu kabi “hujumlar” maishiy jihoz uchun salbiy ta’sir qiladi: sovutgich sovuq havoni yo‘qotadi va kuchli ishlashni boshlaydi. Bu kabi holatlardan keyin mahsulotlar sifati qanchalik tez buziladi? Axir statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar yiliga 53 soatini ro‘zg‘or uchun mahsulotlarni xarid qilish uchun sarflaydi. Shu munosabat bilan, LG Electronics kompaniyasi mutaxassislari tomonidan innovatsion ishlab chiqarishlar sovutgichga yangicha ko‘rinish berish uchun imkon yaratmoqda.

InstaView Door-in-Door — bu shishadan tayyorlangan qo‘shimcha qismning oldingi paneli bo‘lib, unga ikki marotaba chertilganida shaffofga aylanadi. Texnologiya eshikni ochmasdan ham mahsulot bor yoki yo‘qligini tekshirish imkonini beradi, shu bilan asosiy kameradan sovuq havo chiqib ketishi 41 foizga kamayadi.

LG’ning innovatsion sovutgichi o‘zida FRESH Balanc-er regulyatorni mujassam etgan bo‘lib, u meva va sabzavotlarni sarxil va foydali xususiyatlarini uzoq vaqt davomida saqlash uchun optimal namlik darajasini saqlaydi. Shunchaki maxsus regulyatordagi sizga kerakli bo‘lgan tartibni tanlang: meva yoki sabzavotlar uchun harakatlar ikki barobarga kamayadi, bu esa sizni yanada muhimroq ishlar bilan band bo‘lishingiz uchun imkon yaratadi.

LG’dan Hygiene Fresh+ texnologiyasi doirasida 5 bosqichli filtr qo‘llaniladi, u oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishining ko‘pgina sabablarini yo‘q qiladi: chang, zamburug‘, kislotalar, ishqorli hid va bakteriyalar. Tizim oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantiradigan va havoda bo‘lgan moddalarni 99,9 foizga yo‘qotadi hamda muzlatgichdagi havoni tozalaydi, mahsulotlarning muddatini uzaytiradi.

Shuningdek, Moist Balance Crisper tizimining noyob qopqoqli maxsus idishi butun sovutgichdan alohida tarzda mikroiqlimni yaratishga va mahsulotlaringizni saqlash muddatini uzaytirishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, LG Electronics kompaniyasi 3-aprelga qadar LG’dan maishiy texnika xaridiga aksiya o‘tkazmoqda. Muzlatgich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech yoki changyutgichni xarid qilayotganda sotuvni LG xodimlarida ro‘yxatdan o‘tkazish va yoqimli sovg‘alarni olish mumkin. Aksiya mobaynida siz sochiq, idish-tovoq, sertifikatlar egasi bo‘la olasiz, shuningdek, sotib olingan maishiy texnika modelini premialga almashtirishingiz mumkin. Aktsiya shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://lgblog.uz/oz/events/vyigrajte-svoju-innovatsiju1

LG Electronics kompaniyasi texnikasiga servis xizmati ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG Mijozlarni servis qo‘llab-quvvatlov xizmati bilan bog‘laning: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul.

Muhimi: raqamni to‘liq terish kerak.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют