» » Senat yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Senat yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu qonun bilan yalpi majlis ishtirokchilarini Senatning byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhammad Jumageldiyev tanishtirdi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun 12 bob, 79 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati, rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini, davlat buyurtmachilari loyihalari va xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan;

O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq tashkil etilgan va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan xorijiy grantlar va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Senatorlarning fikriga ko‘ra, ushbu qonunning qabul qilinishi byudjet mablag‘laridan va boshqa markazlashtirilgan manbalardan, kredit resurslaridan Hukumat kafolati ostida imkon qadar samarali hamda oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, davlat sektori ma’qul muddatlarda “narx-sifat” o‘rtasida maqbul nisbat bo‘lgan holda zarur tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan ta’minlanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют