» » O‘zbekistonda qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda


Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi, deb xabar beradi O‘zA.

Qonun bilan dalillarni soxtalashtirganlik (qalbakilashtirganlik) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Yolg‘on guvohlik va yolg‘on xabar berganlik uchun esa javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Qonunga xilof usullar orqali yoki protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoxud ularni cheklash yo‘li bilan olingan dalillardan, dalil sifatida foydalanishni taqiqlovchi qoidalar kiritilmoqda.

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar prokuror yoki sud tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi yoxud boshqa ekspertiza o‘tkazgan holda majburiy tekshirilishi lozim bo‘lgan tartib belgilanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют