» » DXX rahbari: 26 yil mobaynida milliy xavfsizlik xizmati faoliyati qonun asosida tartibga solinmagan edi

DXX rahbari: 26 yil mobaynida milliy xavfsizlik xizmati faoliyati qonun asosida tartibga solinmagan edi


Oliy Majlis Senatining on tortinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Ozbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev Ozbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati togrisidagi qonuni yuzasidan oz fikrlarini bildirdi. Uning sozlarini OzA keltirmoqda.

Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekistonni rivojlantirishga oid Harakatlar strategiyasi jamiyatimiz barcha sohalarida yangi islohotlar amalga oshirilishiga zamin yaratdi.

Bu jarayonda, albatta, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taminlash, yurtimizni nafaqat tashqi, balki ichki tahdidlardan himoya qilish dolzarb vazifalardandir. Ana shunday omillarning mavjudligi xavfsizlikni taminlash sohasini takomillashtirishni taqozo etdi. Shu maqsadda Davlat xavfsizlik xizmati faoliyati takomillashtirildi.

Ayrim bizga yaqin bolgan davlatlardagi beqarorlik, terrorchilik harakatlarning faollashgani, jangarilar safida bolgan hamyurtlarimizning qaytib kelishi, qoshni davlatlar bilan chegaralarning ochilgani tufayli kirib kelayotgan odamlar kopaygani, ular orasida yomon niyatli kimsalar ham uchrayotgani, ular bilan diniy ekstremik ruhdagi adabiyotlarning kirib kelayotgani malum havflar hamon mavjudligini korsatmoqda. Etiqod erkinligini ayrimlar notogri tushunib, turli oqimlarga kirishga harakat qilayotganida namoyon bolmoqda.

Ozini muxolifat sanab yurgan ayrim kuchlarning faollashuvi, faoliyatlarini qonuniylashtirishga intilayotgani zamirida mamlakatga kirib, undagi barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan harakat mavjud.

Ozbekistonning boshqa davlatlar hududida mehnat qilayotgan fuqarolari kop hollarda turli ekstremistik oqimlar tasiriga tushayotgani xavfli holatlardan biri. Xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan insvestitsiyalarning barchasini ham foydali, deb bolmaydi. Bularning hech biri etiborimizdan chetda qolmasligi kerak.

Aytish orinliki, 26 yil mobaynida milliy xavfsizlik xizmati faoliyati qonun asosida tartibga solinmagan edi.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 14-martdagi farmoni bilan Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilib, uning faoliyatiga oid qonun qabul qilish vazifasi qoyilgan edi. Shu asosda tayyorlangan sohaga oid yangi qonunda Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi. Deputatlar tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan qonunda xizmatning barcha faoliyat yonalishlari aniq belgilangan. Oz navbatida, xizmatning vakolat va vazifalarining aniq chegaralari ham qonunda oz ifodasini topgan.

Qonun asosida xizmat xodimlari mamlakatimiz konstitutsiyaviy tuzumi hududiy yaxlitligi, boshqaruv tizimidagi davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashadi. Yuqori lavozimdagi shaxslar, uyushgan jinoiy guruhlarning korrupsiyaviy harakatlari, noqonuniy davlat xaridlari, tizimli korrputsion jinoyatlarga barham berish, ularning oldini olish borasida izchil faoliyat yuritadi.

Qonun davlat xafsizligini taminlash borasida davlat xavfsizlik xizmatining barcha vazifalarini bajarishda muhim huquqiy asos boladi.

Ixtiyor Abdullayev, Davlat xavfsizlik xizmati raisi



Manba: Daryo.uz
: admin (29-03-2018, 21:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -