» » Qoraqalpog‘istondagi sho‘rlangan yerlar namunalari Germaniyada tahlil etiladi

Qoraqalpog‘istondagi sho‘rlangan yerlar namunalari Germaniyada tahlil etiladi


Qoraqalpog‘iston fermer xo‘jaliklari vakillari O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ko‘magida Germaniyada bo‘lib qaytdi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Safar davomida ular germaniyalik kasbdoshlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot markazlari, uyushma va kompaniyalari faoliyati hamda sut-go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zotdor qoramollar yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va samarali usullari bilan tanishdi.

Jumladan, Meklenburg Old Pomeraniya federal yerida Rinderallianz zotdor chorvachilik uyushmasi, qoramollar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari va tarmoq kompaniyalarida bo‘lib, veterinariya nazorati, ozuqa tayyorlash, ularni saqlashga oid laboratoriya tadqiqotlari hamda texnologiyalarini ko‘zdan kechirdi.

Bioenergie Postma fermer xo‘jaligida qoraqalpog‘istonlik mehmonlar soatiga 350 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega biogaz stansiyasida bo‘ldi. 1,5 ming gektar yer va 500 bosh sog‘in sigirga ega mazkur fermer xo‘jaligi nafaqat sut hamda go‘sht mahsulotlari, balki biogaz stansiyasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining ortiqchasini ham sotadi.

Federal yerning yirik ilmiy markazlaridan biri — Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida (LUFA) bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida olim va mutaxassislar tomonidan delegatsiya a’zolari uchun maxsus taqdimot tashkil etildi.

Qoraqalpog‘istonlik fermerlar ushbu ilmiy markazda ozuqabop ekinlarning yuqori hosilli, yangi navlarini yaratish va ekish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, shuningdek, chorva ozuqasi mahsulotlarini yetishtirish hamda tarkibini belgilashda zamonaviy va tejamkor texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, yer tahlili, sho‘rlangan yerlar tarkibini o‘rganish hamda sho‘rlanishni bartaraf etish orqali hosildorlikni oshirish borasida erishilgan natijalar taqdimoti yurtdoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mamlakat delegatsiyasi a’zolarining Brandenburg federal yeridagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan qator tashkilotlar va fermer xo‘jaliklaridagi uchrashuvlari ham samarali bo‘ldi.

Safar yakunlari bo‘yicha Germaniyadan 1000 bosh naslli qoramol sotib olish, shuningdek, qoraqalpog‘istonlik fermerlarning bu yerda malaka oshirishlarini tashkil etishga kelishildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi sho‘rlangan yerlar namunalari ham Germaniya laboratoriyasida tahlil etiladigan bo‘ldi. LUFA instituti rahbariyati Orolbo‘yidagi iqlim hamda ekologik holatni o‘rganish uchun ushbu mintaqaga safar uyushtirish tashabbusini ilgari surdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют