» » Toshkentlik imom-xatib bir kunda 200 kishining islom dinini qabul qilishiga sababchi bo‘ldi

Toshkentlik imom-xatib bir kunda 200 kishining islom dinini qabul qilishiga sababchi bo‘ldi


21-mart kuni Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida 200 nafar jismonan eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan o‘zbekistonliklar Islom dinini qabul qildi. Bu haqda “Azon.uz” masjid ma’muriyatiga tayanib xabar bermoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumani “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Jumanov Abdulhamid domla boshchiligida eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan 200 kishi uchun “Shayx Zayniddin” jome masjidida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida bir paytlar missionerlik harakati oqibatida adashib boshqa dinlarni qabul qilgan bu o‘zbekistonliklarga Islom dinining haq din ekanligi va unda hamma barobarligi tushuntirildi. Ularning barchalariga imon kalimalari yozilgan maxsus ma’lumotnomalar tarqatildi. Natijada bu 200 kishi ko‘zlari yoshga to‘lgan holda muqaddas Islom dinini qabul qildi, deyiladi xabarda. Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan bayram munosabati bilan taomlar berilib, esdalik uchun hadyalar ulashildi.

Nashr eslatishicha, aynan shu imom-xatib tomonidan biroz avvalroq eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan o‘zbekistonliklar uchun juma namozida surdotarjimon orqali ma’ruza tinglash imkoniyati yaratilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют