» » Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vazirlari raisligida ikki davlat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri S.Isakov mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5—6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari kengashini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur kengash tomonlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish, doimiy monitoringi va tahlilini olib borish, ayniqsa, chegaraoldi viloyatlar o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlash, turli takliflar ishlab chiqish hamda muammolarni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilishda chegaraoldi hududlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar jalb etish, turizm, madaniy va ma’rifiy sohalarda aloqalarni kengaytirish, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida fuqarolar uchun sharoitlarni yaxshilash va nazorat-o‘tkazish punktlari sonini ko‘paytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi sanoat korxonalari va tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Qo‘shni mamlakat vakillari ishtirok etgan ko‘rgazmada bir qator manfaatli shartnomalar imzolandi.

Yig‘ilishda chegaraoldi viloyatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, istiqbolli va keng ko‘lamli hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Kengashning navbatdagi yig‘ilishini Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazishga kelishib olindi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan  protokol imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют