» » Toshkentda qonunni buzgan IIV xodimi ham, uni haqorat qilgan ikki fuqaro ham jazoga tortildi

Toshkentda qonunni buzgan IIV xodimi ham, uni haqorat qilgan ikki fuqaro ham jazoga tortildi


20-mart kuni ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarning biriga Toshkent shahar IIBB xodimining avtomobilda telefondan foydalanayotgani aks etgan surat joylashtirilganidan so‘ng Toshkent IIBB xodimi Abdumo‘min A. ga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1281-moddasiga (“Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi”) muvofiq, EKOIHning 2 baravari miqdorida jarima solindi. Bu haqda Toshkent IIBB saytida xabar qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Biroq ushbu surat ostida qoidabuzarni haqorat qilib, o‘zgalarning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan fuqarolarga nisbatan ham tegishli tartibda chora ko‘rildi. Jabrlanuvchi, Toshkent shahar IIBB xodimining murojaatiga asosan, Mirobod tuman ma’muriy sudi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1972-yilda tug‘ilgan Stanislav hamda Yunusobod tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan Muzaffarning ishini ko‘rib chiqdi va ularga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, EKOIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Toshkent shahar IIBB barcha fuqarolarga murojaat qilib, har bir ishni bosiqlik va aql bilan hal qilish, o‘zgalarga nisbatan muloyim va hurmatda bo‘lishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют