WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Turkiyada muhojirlar o‘tirgan avtobus yonib ketdi, 15 kishi halok bo‘ldi
Turkiyada muhojirlar o‘tirgan avtobus yonib ketdi, 15 kishi halok bo‘ldi
Turkiya sharqidagi Igdir—Kars trassasida noqonuniy muhojirlar o‘tirgan mikroavtobus halokatga uchradi, deb yozadi “Vesti Kavkaza”. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobusda Pokiston va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan. Taxminlar bo‘yicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtobus chiroq ustuniga borib urilgan va yonib ketgan. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizildi.
Ayni paytda voqea joyida huquq-tartibot organlari va tezkor xizmatlar xodimlari ishlamoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?