» » Soliq islohoti konsepsiyasi haqida “Korzinka.uz” rahbari nima deydi?

Soliq islohoti konsepsiyasi haqida “Korzinka.uz” rahbari nima deydi?


“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida muhokamaga qo‘yilgan Soliq islohoti konsepsiyasi haqida o‘zining fikrlari bilan bo‘lishdi.

So‘nggi vaqtlarda barcha tadbirkor do‘stlarimga taklif etilayotgan Soliq islohoti konsepsiyasida o‘rta va kichik biznes vakillariga nisbatan ham, boshqa soliq to‘lovchilar nisbatan ham hech qanday firib yo‘qligini tushuntirishga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘nlab yillardan buyon ishlab kelayotgan tadbirkor va buxgalterlarning aqli va dunyoqarashida soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi chuqur iz qoldirgan ko‘rinadi. Ulardan eng og‘iri — ishonsizlik va shubha bo‘lib, bu fitnani yuzaga keltiradi. Biz shunchaki soliq tizimidagi har qanday o‘zgarish bizning zararimizga xizmat qilishiga o‘rganib qolganmiz. Hatto o‘z suhbatdoshimni Konsepsiya uning uchun foydali ekanligiga ishontirgan taqdirimda ham, oxirida u “baribir bu yerda qandaydir firib bo‘lsa kerak, hammasi bunday oson bo‘lishi mumkin emas” deydi.

Buning barchasi tizimdagi ko‘plab o‘zgarishlar sabab shakllangan, chunki odatda bu kabi holatlar tadbirkorlar va soliq to‘lovchilarining hayotini og‘irlashtirsa og‘irlashtirganki, yengillashtirmagan. Har safar yil tugayotganida yelkamizga yana qanday qo‘shimcha soliqlar tushar ekan deya xavfsirardik.

Bunda o‘rta muddatli soliq tizimi haqida o‘ylab ham bo‘lmasdi. Barcha bir chorakdan boshqasiga, bir yildan ikkinchisiga qadar yashab kelardi. Soddalashtirilgan soliqqa tortish borasida ham bunday deb bo‘lmasdi. Yerga solinadigan soliqdan majburiy uch barobar shartlar va boshqa olti turdagi hisobotlar hamda turli soliq va fondlarga to‘lovlar. Soddalashtirilgani shumi?

Soddalashtirilgan soliqqa tortish turi chiqqanida u boshqa barcha soliqlar va imtiyozlarni, jumladan, mol-mulk va yer solig‘ini, shuningdek, boshqa ko‘plab jamg‘armalarni o‘z bo‘yiniga olishni va’da bergandi. Ammo! Hatto joriy yil boshida yana shu “soddalashtirilgan” soliq navbatdagi o‘sishsiz bo‘lmadi, xususan, korxona egallab turgan maydon 1 gektardan oshgan hollardagi yer solig‘i.

Shundan keyin, deyarli soddalashtirilmagan soliqni to‘lash bilan ish bitmasdi, undan keyin biz dividentlar uchun yana 10 foiz miqdorida soliq to‘lagan bo‘lsak, yaqingacha naqd mablag‘ni (!) olish uchun turli “bank zararlari”da kamida 10—15 foiz yo‘qotardik. Oylik-chi? Xodimning qo‘liga 1 million oylik to‘lash uchun yana barcha soliqlar bilan birga 700—800 ming to‘lashimizga to‘g‘ri keladi. Bundayin “yuk”lar bilan turli shubha va gumonlardan rostdan ham qutilish oson emas.

Hozirgi “Soddalashtirilgan” davrimizning og‘ir merosi — bizning qattiq allergiyamiz va qo‘shilgan qo’shimcha qiymat solig‘i (QQS). Soliq maydonidagi barcha soliq to‘lovchilarning atigi 3 foizi QQSni to‘lar edi, to‘lovchilar zanjirining muntazam oshib borishiga qaramay ushbu soliq bilvostida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri 20 foizga teng edi. U deyarli har qanday biznes uchun chidab bo‘lmas va dahshatliki, barcha undan moxovdan qo‘rqqandek qo‘rqardi.

Soliq islohoti konsepsiyasi mana shunday sharoitda yuzaga kelmoqda. Shunday ekan ushbu islohotning tub mazmuni va foydasini barcha tadbirkorlarga yetkazishda juda ko‘p tushuntirish va chaynalishlar kerak bo‘lishidan hayratlanmaslik kerak.

Joylashtirgan ushbu postim bilan o‘quvchilarimning konsepsiyada taklif qilinayotgan qadamlarga nisbatan qo‘rquvlari va shubhalarini bartaraf etish uchun oddiy tushuntirishlar berib borishni boshlamoqchiman. So‘nggi uch kundan buyon buni o‘nlab marotaba amalga oshirdim, jumaladan, har safar suhbatdoshimni taklif etilayotgan Konsepsiya har qanday biznes uchun foydali ekanligiga ishontira oldim.

Hurmatli o‘quvchim, agarda men bilan ushbu yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz iltimos, o‘zingizni shubha va gumondan xalos eting. Men siz bilmagan yoki yodingizdan chiqqan yangilik haqida so‘zlab bermoqchiman. Universitetdagi professor o‘qituvchim “futlar bilan metrlarni o‘lchash qiyin” derdi.

Xayrli kech va mening lentamni kuzatib boring.

Mavzuga doir: 2018—2020-yillar uchun Soliq islohoti konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют