» » O‘zbekiston va Qozog‘iston birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida Qozog‘istonning “Tovarnaya birja “ETS” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eksport-import birja savdosini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda, shuningdek, MDH davlatlari birjalari xalqaro assotsiatsiyasi, “Moskovskaya birja” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi F.Ibrohimov mazkur kelishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini ta’kidladi.

Ushbu hujjat “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” va "Tovarnaya birja “ETS” aksiyadorlik jamiyatlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzishni ko‘zda tutadi. Ishchi guruh ikki mamlakat o‘rtasida eksport-import birja savdosi uchun tovarlar ro‘yxatini aniqlash bilan shug‘ullanadi hamda tajriba tariqasida dastlabki birja savdolari o‘tkazishni muvofiqlashtiradi.

Qatnashchilar, shuningdek, tovarlar bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi birja savdolari mexanizmlarini ishlab chiqishning o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Qozog‘istonga eksport qilish maqsadida yurtimiz ishbilarmonlarini hamda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarni birja savdolariga jalb etish yo‘llarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Qozog‘istonga mahsulot eksport qilish hajmini oshirish maqsadida ushbu mamlakatda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining savdo maydonchalarini ochish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют