» » Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan mamlakatda “urug‘—ko‘chat—mahsulot yetishtirish—tayyorlash—saqlash—qayta ishlash—transportirovka qilish—bozorga yetkazish” tamoyili bo‘yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usuli joriy etiladi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga chigitdan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlariga birinchi navbatda yerdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqini taqdim etish vazifasi yuklandi.

2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etiladi. 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster shakliga jalb etiladi.

“O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari zimmasiga meva-sabzavot klasterlarini elektr energiya va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.

2021-yil 1-yanvarga qadar:

Ko‘chatxonalar va issiqxonalarda urug‘, ko‘chat va payvandtag yetishtiruvchi va ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari barcha turdagi soliq va yig‘imlar to‘lashdan;

Chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno);

Import bo‘yicha olib kirilayotgan, meva-sabzavot mahsulotlarini tashishga ixtisoslashgan transport vositalari bojxona to‘lovlari va Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ko‘ra jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun ruxsatnomalar berish, ko‘p martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va uzaytirish, shuningdek, yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilish, hisobga qo‘yish va vaqtincha propiskani uzaytirish ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют