» » AQSh hukumati muhojirlardan ijtimoiy tarmoqlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishni rejalashtirmoqda

AQSh hukumati muhojirlardan ijtimoiy tarmoqlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishni rejalashtirmoqda


Tramp ma’muriyati AQShda qolishni istagan muhojirlardan ijtimoiy tarmoqlardagi besh yillik ma’lumotlarni so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi ForumDaily.

Ma’muriyat ushbu chorani AQShda potensial muhojirlarni “tekshirishni kuchaytirish” siyosati doirasida qo‘llamoqda. Tekshirishni San-Bernardinodagi teraktdan so‘ng kuchaytirishga qaror qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish AQShdagi 15 million potensial muhojirga daxl qilishi kutilmoqda. Doimiy qonuniy yashash joyiga da’vogarlar tekshirishga tushadi.

Rasmiylar besh yillik tarixdan tashqari eski telefon raqamlar, elektron pochta manzillari, avvalgi qonun buzilishlar haqidagi ma’lumotlar yoki oila a’zolarining terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi yuzasidan har qanday ma’lumotni talab qilishi mumkin.

Tashabbus tanqidchilari yangi qoidalar shaxsiy hayotni himoya qilish haqidagi qonunni buzishi, shuningdek, AQShda qonuniy migratsiya jarayonini sekinlashtirishi va murakkablashtirishi mumkin deb hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют