» » Farg‘onada 2 yoshli bola ko‘chasidan o‘tgan ariqda cho‘kib ketdi

Farg‘onada 2 yoshli bola ko‘chasidan o‘tgan ariqda cho‘kib ketdi


Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida 2 yoshli bola bedarak yo‘qolib, 3 kundan so‘ng bolaning jasadi suvdan topilgan.

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Quvasoy shahar prokurori o‘rinbosari Dilmurod Qo‘ldoshev hodisa qanday sodir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

2018-yil 7-mart kuni Quvasoy prokuraturasiga Turg‘unov Ulug‘bek Numonjonovich murojaat qilib, uning voyaga yetmagan farzandi, 2015-yilda tug‘ilgan Numonjonov Muhammadsodiq Ulug‘bek o‘g‘li bedarak yo‘qolgani va uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat asosida shahar prokurori rahbarligida tuzilgan tezkor guruh surishtiruvi harakatlari davomida, Quvasoy shahar Mo‘yan MFY Ko‘prikboshi ko‘chasi hududidan oqib o‘tadigan ariqqa voyaga yetmagan Muhammadsodiq ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketib, vafot etganligi aniqlangan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvida Muhammasodiqning nafas yo‘llarining suv bilan bekilishi uning o‘limiga sabab bo‘lgani aniqlangan.

Dilmurod Qo‘ldoshev, Quvasoy shahar prokurori o‘rinbosari

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 5 yoshli qizaloq Kibriyoxonni ko‘chadan noma’lum kimsa velosipedga o‘tkazib olib ketgandi. O‘sha kuni tunda qizaloqning o‘ligi topilgan. Ushbu hodisada gumanlanuvchi qo‘lga olingan.

Mavzuga doir: “Qorong‘ida qarovsiz tashlab ketilgan”. Farg‘onalik besh yoshli qizchaning o‘limi bo‘yicha nimalar ma’lum?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют