» » Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi

Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi


“Manas” qishlog‘idagi madaniyat saroyida 30-mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni davom ettirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga eksportbop ekinlar ekish, tog‘oldi hududlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют