» » “O‘zbekenergo” elektr energiyasi narxi oshirilayotgani sabablariga izoh berdi

“O‘zbekenergo” elektr energiyasi narxi oshirilayotgani sabablariga izoh berdi


O‘zbekistonda joriy yil 1-aprelidan kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi tariflari oshmoqda. “Xalq so‘zi” nashri energiya narxining ko‘tarilishi sabablariga oydinlik kiritish maqsadida “O‘zbekenergo” AJ aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Abduhamid Jo‘rayevga murojaat qildi.

Mutasaddiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizidan ortig‘i issiqlik elektr stansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ularda elektr toki hosil qilish uchun katta miqdorda gaz, mazut, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i mahsulotlari sarflanadi. Ushbu yoqilg‘i mahsulotlari narxining o‘zgarishi esa ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarifiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Abduhamid Jo‘rayev 2018-yildan e’tiboran sohada iste’molchilarni guruhlash soddalashtirilganini ma’lum qildi. Natijada elektr energiyasi tarif guruhlari soni avvalgi 10 tadan 4 tagacha qisqartirildi.

Qayd etilishicha, yaqin yillarda Navoiy IESda ikkita 450, Taxiatoshda ikkita 280, To‘raqo‘rg‘onda ikkita 450 megavattli zamonaviy energobloklar faoliyat boshlaydi. Yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi. Bu esa elektr energiyasi tariflari keskin oshib ketishining oldi olishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi narxi salkam 12 foizga oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют