» » Ozbekiston havo yollari Nyu-Yorkka uchuvchi reyslar tarifini pasaytirdi

Ozbekiston havo yollari Nyu-Yorkka uchuvchi reyslar tarifini pasaytirdi


Ozbekiston havo yollar MAK 31-mart kuni bahor oyining oxiriga qadar Toshkent Nyu-York Toshkent yonalishi boyicha qatnaydigan reyslarning tarif qiymatlari pasaytirilganini malum qildi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Malumotlarga kora,S toifali ekonom-klass chiplarining narxi bir tomon uchun 288 yevroga qadar (minus 89 yevro), ikkala yonalish boyicha esa 496 yevrogacha (minus 125 yevro) tushirilgan. Biroz qimmatroq bolgan O toifali ekonom-klass chiptalari narxi 377 yevrogacha (minus 60 yevro), ikkala yonalish boyicha 621 yevroga qadar (minus 100 yevro) tushirilgan.

Ozbekiston havo yollari joriy yilning 5-aprelidan boshlab Toshkent Nyu-York Toshkent yonalishida ikkinchi muntazam qatnovni yolga qoyadi. 29-maydan 17-sentabrga qadar esa ushbu yonalish boyicha uchinchi muntazam qatnovlar har seshanba kuni amalga oshiriladi.

Toshkentdan Nyu-Yorkka uchuvchi yolovchilarning katta qismini Samarqand shahri va Samarqand viloyati fuqarolari tashkil etganligi sabab, MAK 4-apreldan 31-mayga qadar Samarqand Toshkent reysini har chorshanba va shanba kunlari maxsus tarif va Nyu-Yorkkacha qaydnomadan otish bilan yolga qoyadi.

Samarqand aeroportidan uchuvchi yolovchilar oz yuklarini (agar orindiqlar mavjud bolsa) Nyu-Yorkka qadar royxatdan otkazishlari (transatlantik reysdagi kabi ikkita orindiq uchun ogirligi 23 kilogramm bolgan yuklar) va Nyu-Yorkka uchuvchi reysga chiqish talonini qolga kiritishlari mumkin.

Toshkent aeroportida tranzit yolovchilar mahalliy reyslar terminalidan xalqaro reyslar terminaliga shattl-baslar yordamida yetkaziladi.

Aviakompaniyadagilarning malum qilishicha, ayni vaqtda Nyu-Yorkka uchuvchi shu turdagi reyslarni Ozbekistonning boshqa aeroportlarida ham ochish masalasi korib chiqilmoqda.

Toshkent Nyu-York Toshkent yonalishi boyicha parvozlar Boeing-787 Dreamliner samolyotlari orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-03-2018, 14:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -