» » Namangan shahridagi yirik savdo markazlarida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)

Namangan shahridagi yirik savdo markazlarida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)


Namangan shahridagi “Megapolis” va “Shodlik” savdo markazlarida “Yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mashqlar viloyat favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, elektr, gaz, suv ta’minoti xizmatlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hamkorligida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida shartli ravishda majmuada yong‘in kelib chiqqanidan so‘ng xaridorlar va majmua xodimlarini evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar amalga oshirildi.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarida fuqarolar va savdo markazlari xodimlarini evakuatsiya qilish, doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarga tezkor xabar berish sxemalari ishlab chiqildi.

Savdo markazlarining barcha qavatlaridagi hamda asosiy tashqariga chiqish-qutqarish yo‘llari ko‘rsatkichlar bilan jihozlandi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon qutilari to‘liq holga keltirildi. Savdo markazlari rahbarlari va mas’ul shaxslariga qo‘shimcha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar berildi.

Mashqlarga turli xizmatlarning 100 dan ortiq xodimi, 10 dan oshiq maxsus texnika jalb etildi. “Megapolis”dan 544, “Shodlik”dan 327 nafar fuqaro shartli ravishda evakuatsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют