» » Buxoroda 9 marta sudlangan qaynota Malibu’da qo‘y va sigir o‘g‘irlash bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi (foto)

Buxoroda 9 marta sudlangan qaynota Malibu’da qo‘y va sigir o‘g‘irlash bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi (foto)


Buxoro viloyatining turli hududlarida fuqarolarning qoramollari va qo‘y-qo‘zilarini Malibu avtomobilida o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan guruh fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIBga bir kunda qoramol va qo‘y o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq ikkita ariza kelib tushgan — romitanlik fuqaro 5 million so‘mlik sigiri o‘g‘irlab ketilganidan shikoyat qilgan bo‘lsa, Shofirkonning Chitgaron qishlog‘ida yashovchi fuqaro molxonasidan 400 ming so‘mli qo‘y o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

Buxoro viloyati IIBdan ma’lum qilishlaricha, “olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatlar kimlar tomonidan sodir etilgani aniqlangan, shu orqali viloyatning turli hududlarida sodir etilgan va ochilmay qolgan mol o‘g‘riliklari fosh etilgan”.

Ma’lum bo‘lishicha, shu vaqtgacha turli jinoyatlari uchun 9 marta sudlangan 58 yoshli vobkentlik fuqaro kuyovi — 30 yoshli boshqa bir vobkentlik (u ham muqaddam sudlangan) bilan til biriktirib, Buxoro viloyatining turli hududlarida yashovchi fuqarolarning qoramol va qo‘y-qo‘zilarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan.

“Qaynota-kuyov qing‘ir harakatlaridan hech kim shubhalanmasligi uchun qo‘lga kiritilgan qo‘y-qo‘zilarni, hattoki yirik qoramollarni ham qaynotaga tegishli Malibu’da tashib kelgan”, — deyiladi IIB axborotida.

Qaynotaning xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda molxonasida turli hududlardan o‘g‘irlab kelingan qo‘y-qo‘zilar va qoramollar, bundan tashqari, turli ehtiyot qismlar va yoqilg‘i mahsulotlari borligi aniqlangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holatlar yuzasidan qaynota va kuyovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют