» » Rossiyada yangi qonun Alisher Usmonovga xayriya faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi

Rossiyada yangi qonun Alisher Usmonovga xayriya faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi


Rossiyalik yirik tadbirkorlar o‘z o‘limidan keyin ularning pullarini vasiyatnomalari bo‘yicha taqsimlaydigan xususiy jamg‘armalarni yaratish imkonini beruvchi vositaga ega bo‘ladi. Bunda gap meros jamg‘armalari haqida bormoqda, ular haqidagi qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi, deb yozadi SNG Today.

Avvalroq o‘z aktivlarini yoki ularning katta qismini xayriyaga berishga tayyorligini bir nechta rossiyalik biznes-magnatlar, shu jumladan, milliarder Alisher Usmonov bildirgan edi.

Bunday turdagi jamg‘armani yaratishga ehtiyoj bir necha vaqtlardan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda, deyiladi xabarda. Masalan, “Nornikel” kompaniyasi rahbari Vladimir Potanin 2010-yildayoq o‘z boyligini jamoatchilik ehtiyojlariga berish niyatini ma’lum qilgan edi. Ammo Rossiyada tegishli qonunchilik bo‘lmagani sababli, o‘z aktivlarini xayriyaga bermoqchi bo‘lgan biznesmenlar meros masalalarini ko‘pincha Birlashgan Qirollikda rasmiylashtirishiga to‘g‘ri kelardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют