» » AQSh mart oyida Suriya va Iroqda IShIDga qarshi operatsiyalar davomida eng ko‘p yo‘qotishlarga uchradi

AQSh mart oyida Suriya va Iroqda IShIDga qarshi operatsiyalar davomida eng ko‘p yo‘qotishlarga uchradi


Mart oyida Iroq va Suriyada sakkiz nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Mazkur oy IShID radikal guruhiga qarshi harbiy operatsiyalar boshlangandan buyon Pentagon uchun eng ko‘p yo‘qotishlar oyi bo‘ldi. Bu haqda 31-mart kuni Military.com xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

29-mart kuni armiya maxsus topshiriqli bo‘linmasi jangchisi, serjant Jonaton Danbar Suriyaning Manbij shahrida patrul qilish davomida yasama portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida halok bo‘ldi.

15-mart kuni Iroq g‘arbida HH-60 Pave Hawk vertolyotining halokati oqibatida uning bortidagi yetti nafar harbiy xizmatchi, jumladan, uch nafar ofitser qurbon bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют