» » Farg‘ona va Qashqadaryoda ikki ayol erlarining qo‘lida halok bo‘ldi

Farg‘ona va Qashqadaryoda ikki ayol erlarining qo‘lida halok bo‘ldi


Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida 30-mart kuni ikki ayol erlarining qo‘lida halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida soat 06:00 atrofida Go‘zal mahallasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan T. To‘lanov uyida o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1982-yilda tug‘ilgan B. To‘lanovaning bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.

B. To‘lanova voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. T. To‘lanov qo‘lga olindi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida soat 19:55 larda Xonyon qishlog‘ida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan R. Qilichov uyida mojaro asnosida turmush o‘rtog‘i, 1976-yilda tug‘ilgan M. Rasulovaning boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazdi.

M. Rasulova hodisa joyida olamdan o‘tdi. R. Qilichov qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют