» » Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi

Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi


2018-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda iste’mol tovarlarining asosiy turlari narxlari o‘rtacha 1 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Respublika hududlaridagi narxlar dinamikasi kuzatuvi umuman olganda narxlar barqarorlashganidan dalolat bermoqda, deyiladi xabarda.

Martda kuzatilayotgan tovarlar narxining o‘rtacha darajasi pasaygani qayd etilgan, yanvar va fevralda esa tegishli ravishda 0,6 va 0,7 foizga o‘sish kuzatilgan edi.

Yanvar-martda piyoz 46,4 foizga, tuxum — 23,3 foizga, shakar — 10 foizga, kartoshka — 6,2 foizga, guruch — 4,2 foizga, o‘simlik yog‘i — 3,2 foizga, bug‘doy uni — 2,2 foizga, sabzi — 1,8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, go‘sht narxi 1,1 foizga o‘sdi.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari orasida kiyim-kechaklar — 4,9 foizga, oyoq kiyimlari — 3,8 foizga, televizorlar — 7,8 foizga, changyutgichlar — 4,4 foizga va sovitgichlar — 3,5 foizga arzonlashgan.

Inflyatsiya jarayonlarining bosilishiga va iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlar darajasining barqarorlashishiga birinchi chorakda ayirboshlash kursining barqarorligi saqlanishi va pul massasi o‘sishining past sur’atlari kabi omillar ta’sir qildi.

Yanvar-martda ayirboshlash kursi 0,5 foizga mustahkamlandi, o‘tgan yilning shu davrida esa u 10 foizga qadrsizlangan edi. Pul massasi 1 foizga oshdi (2017-yilning shu davrida — 7,6 foizga oshgan). Muomaladagi naqd pul hajmi 6 foizdan ortiqqa kamaydi, o‘tgan yilning shu davrida esa 21 foizga oshgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют