» » O‘zbekistonda import mahsulotlari uchun bojlarni pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda import mahsulotlari uchun bojlarni pasaytirish rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish va boj-tarif nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, deb yozadi UzDaily. Unda import mahsulotlari uchun bojlarni pasaytirish ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, 1-maydan O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan import  mahsulotlari uchun bojxona bojlari stavkalari va aksiz solig‘i stavkalari belgilanadi.

2018-yil 1-iyulgacha O‘zbekistonda “Integratsiyalangan tarif” interaktiv axborot platformasini joriy qilish rejalashtirilmoqda, u tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga real vaqt rejimida bepul asosda barcha turdagi mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

1-iyulga qadar tovarlarni mamlakatga olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish borasida takliflar ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют