» » Xalqaro migratsiya tashkiloti rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Xalqaro migratsiya tashkiloti rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi


2018-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Bosh direktori Vilyam Leysi Sving boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston XMTga a’zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashkilot faoliyatida to‘laqonli a’zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligi XMT delegatsiyasiga ma’lum qilindi. Shu nuqtai nazarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

XMT delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hukumati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va Ichki ishlar vazirliklari hamda Bosh prokuraturada uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют