» » Toshkent viloyatining ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi ajratiladi

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi ajratiladi


“Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (VMQ-236, 26.03.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq:

Nurafshon shahri hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi tashkil etildi.  Direksiya “‘Aqlli shahar’ konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi;

“‘Aqlli shahar’ konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish moliyalashtirish manbalari belgilandi;

Toshkent viloyati hokimligiga Direksiya buyurtmasiga binoan bir oy muddatda, Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan “Konchi” massivi hududida — 113 gektar va “Yangi turmush” massivi hududida — 133,2 gektar yer uchastkasi ajratish vazifasi yuklandi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Nurafshon shahrining telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy optik-tolali tarmoqlarni o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют