» » Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishi bo‘yicha sud qarori 6-aprel kuni e’lon qilinadi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishi bo‘yicha sud qarori 6-aprel kuni e’lon qilinadi


Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xega nisbatan ilgari surilayotgan 20 ta ayblovlar bo‘yicha sud qarori 6-aprel kuni e’lon qilinadi, deb xabar beradi “TASS”.

“Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishi bo‘yicha birinchi instansiyaning sud qarori 6-aprel kuni e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Pak Kin Xe ustidan sud ishi 354 kun avval boshlangan.

Qayd etilishicha, ushbu ishning ko‘lami va jamiyatdagi ahamiyati darajasini hisobga olgan holda sud qarori to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etilishi mumkin. Qaror o‘qib eshittirilayotgan paytda Pak Kin Xening o‘zi sud zalida bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, mamlakatning sobiq prezidenti atrofidagi siyosiy mojaro 2016-yilning oktabr oyida boshlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют