» » Milliy aviakompaniya fransiyalik turoperatorlarni Parijdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Samarqandga olib keldi

Milliy aviakompaniya fransiyalik turoperatorlarni Parijdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Samarqandga olib keldi


31-mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Parij – Samarqand qatnovida Fransiyaning Il-de-Frans hududi turagentlari uyushmasi (EDV) vakillari Samarqand va Buxoroda 31-martdan 3-aprelgacha bo‘lib o‘tadigan sayyohlik konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi MAK matbuot xizmati.

“Samarqand” xalqaro aeroportida fransiyalik mehmonlarni shahar ma’muriyati, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xodimlari, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda OAV vakillari karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib oldi.

EDV’ning joriy yildagi sayyohlik konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish hamda fransiyalik turoperatorlar uchun respublika bo‘ylab info-tur tashkil etish haqida o‘tgan yilning sentabr oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining Il-de-Frans turagentlari uyushmasi prezidenti bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida kelishib olingan edi.

EDV’ning mamlakatda bo‘lib o‘tadigan konferensiyasida Fransiyaning 100 dan ortiq sayyohlik sohasi vakillari — Il-de-Frans sayyohlik agentliklari (Kuoni, Salaun, Club Midiya, Verdi Voyages) vakillari, hamkor kompaniyalar (Amadeus, Hertz, Avis va boshqalar), mashhur fransuz ommaviy axborot vositalari (Le Figaro, Tourism TV, Echo Touristique, Le Quotidien du Tourisme) muxbirlari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi sayyohlik kompaniyalari va agentliklari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют